Boks böyiça Özbekiston çempionatiga qurʼa taşlandi

Boks böyiça Özbekiston çempionatiga qurʼa taşlandi

Joriy yilning 8-14 dekabr kunlari boks böyiça Özbekiston çempionati ötkaziladi. 

Keça, 7 dekabr kuni çempionat oldidan rasmiy tadbirlar – mandat komissiyasi, texnik yiğiliş va qurʼa taşlaş marosimi taşkil etildi. Bu safargi Özbekiston Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) andozalariga mos tarzda taşkil etilişi aytib ötildi.

AIBA’ning tajribali instruktorlari Endryu Koulfild (Buyuk Britaniya) va Igor Biletskiy (Ukraina) Özbekiston çempionati davomida hakamlarni baholovçi (Evaluator) sifatida faoliyat yuritişadi. Yaʼni, uşbu ikki mutaxassis Özbekiston çempionatida hakamlarning harakatlarini nazorat qiladi.

Şuningdek, boks böyiça Özbekiston çempionatida ilk marotaba xorijiy hakamlar ham faoliyat olib boradi. 

Luka Vadilonga (Italiya) 

-Jahon çempionati – 2017 (Germaniya)
-Yevropa çempionati – 2021 (Montenegro) 
-Harbiy boksçilar örtasidagi jahon çempionati – 2021 (Rossiya)  
-Jahon çempionati – 2021 (Serbiya)

Yakov Peterson (Estoniya) 

-Jahon çempionati – 2019 (Rossiya)
-Olimpiada saralaşi – 2020 (Argentina)
-Jahon çempionati – 2021 (Serbiya)

Yaşar Çinar (Turkiya) 

-Olimpiya öyinlari – 2012 (Buyuk Britaniya)
-Jahon çempionati – 2017 (Germaniya)
-Jahon çempionati – 2019 (Rossiya)
-Jahon çempionati – 2021 (Serbiya)

Emil Gurbanaliyev (Ozarbayjon)

-Ayollar örtasida JÇ – 2018 (Hindiston)
-Jahon çempionati – 2019 (Rossiya)
-Olimpiada saralaşi – 2020 (Senegal)
-Yoşlar örtasidagi JÇ – 2021 (Polşa)
-Jahon çempionati-2021 (Serbiya)

Dmitriy Lazarev (Ukraina) 

-Ayollar örtasida JÇ – 2018 (Hindiston)
-Jahon çempionati – 2017 (Germaniya)
-Yoşlar örtasidagi JÇ – 2021 (Polşa)
-Olimpiada saralaşi – 2020 (Argentina)

Jamilya Borkoyeva (Qirğiziston)

-Ayollar örtasida JÇ – 2018 (Hindiston)
-Osiyo çempionati – 2019 (Tailand)
-Ayollar örtasida JÇ – 2019 (Rossiya)
-Jahon çempionati – 2021 (Serbiya)

Mokretari Sidali (Jazoir) 

-Jahon çempionati – 2017 (Germaniya)
-Ayollar örtasida JÇ – 2018 (Hindiston)
-Hamdöstlik öyinlari – 2018 (Avstraliya)
-Ayollar örtasida JÇ – 2019 (Rossiya)
-Olimpiada saralaşi – 2020 (Buyuk Britaniya, Frantsiya, Iordaniya)
-Olimpiya öyinlari – 2020 (Yaponiya)

Vilfredo Vaskes (Kuba)

-Panamerika öyinlari – 2019 (Peru)
-Olimpiada saralaşi – 2020 (Buyuk Britaniya, Frantsiya)
-Tokio – 2020 (Yaponiya)

Bu yil ilk bor erkaklar 13, ayollar esa 11 ta vazn toifasida ğoliblik uçun bellaşadi. Musobaqada 350 nafar çarm qölqop ustalari (erkaklar 286, ayollar 64) ringga kötariladi. Serbiya mamlakati mezbonlik qilgan Jahon çempionatida iştirok etgan Mujibillo Tursunov (63,5 kg), Saidjamşid Jafarov (75 kg) va Odiljon Aslonov (80 kg) turnir favoritlari sifatida baholanmoqda.

Maʼlumot uçun, bugun, 8 dekabr kuni turnirning saralaş janglari ötkazilmoqda.

×