2026 yilda AQŞ, Kanada va Meksika maydonlarida bölib ötadigan Jahon çempionati Osiyo mintaqasi 3-saralaş bosqiçi özining qizğin pallasiga keldi. “A” guruhi 8-turi doirasida bugun Qirğiziston-Qatar, Eron-Özbekiston va Şimoliy Koreya-BAA öyinlari kun tartibidan örin olgan. Uşbu öyinlar orasida özbekistonlik futbol muxlislari uçun eng muhimi Tehronda Eronga qarşi bahs.
“A” guruhi yetakçilari Eron va Özbekiston 8-turda özaro bellaşadi. Uşbu öyinda Eronni durang ham Jahon çempionatiga olib çiqadi. Şu sababdan forslar deyarli bosimsiz öynaydi. Agar Özbekiston ğalaba qozonadigan bölsa, oçkolarini 19 taga yetakazib oladi va oçkolar borasida Eronga tenglaşadi. Bugun motivatsiya, bosim özbekistonlik futbolçilar yelkasida böladi. Sababi, agar Eron mağlub bölsayu, guruhdagi ikki raqobatçi Qatar va BAA oçko yöqotadigan bölsa, Özbekiston azaliy orzusiga yetadi. Yaʼni muddatidan avval 2026 yilda bölib ötadigan Jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritadi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bergan maʼlumotlarga köra, bugungi muhim bahsni Özbekiston safida jarohati sabab Oston Örunov ötkazib yuboradi. Maʼlum bölişiça, u Özbekiston bazasini tark etgan va “Persepolis” lageriga borib qöşilgan. Şuningdek, 20 mart kuni Toşkentda, “Bunyodkor” stadionida bölib ötgan Qirğizistonga qarşi bahsda Jaloliddin Maşaripov sariq kartoçka olgandi va keyingi öyinni diskvalifikatsiya sabab ötkazib yuborişi maʼlum bölgandi. Avvalroq, terma jamoa yiğiniga jarohat sabab kelolmagan himoyaçi Husniddin Aliqulov ham bugungi öyinni ötkazib yuboruvçi futbolçilar orasiga kiradi.
Maʼlumot örnida, Eron-Özbekiston öyini bugun, 25 mart kuni Tehrondagi “Ozodiy” stadionida bölib ötadi. Bahs Toşkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.









