“Tolibon” Afğonistonning Tojikistondagi elçisi Muhammad Zohir Agbarning uyiga öt qöydi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.
Manbaga köra, “Tolibon” vakillari 11 iyun kuni Panjşerning Ruxin tumanida joylaşgan uyni yoqib yuborgan. Yonğin hozirga qadar davom etmoqda va “harakat” mahalliy aholiga uni öçirişga ruxsat bermagan.
“Uy olovda yonişi mumkin, ammo bizning ruhimiz va irodamiz yonmaydi. Ular şuni bilişlari kerakki, uylar yonib ketişi mumkin, lekin terrorizm va zulmga qarşilik ruhi bundan mustasno”, deydi Muhammad Zohir Agbar.
Maʼlumot uçun, mazkur uy 1998 yilda afğon qömondoni Ahmad Şoh Masʼud moliyaviy yordam sifatida bergan pulga qurilgan. 2021 yilning sentyabrida Panjşer darasi “Tolibon” tomonidan egallab olingandan söng, bino harbiy qarorgohiga aylantirilgan.









