Joriy yilning 30 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyatida sevgan qizi bilan gaplaşib oliş uçun uning uyiga borgan yigit, qizning ukasi tomonidan piçoqlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Soat 22:00 larda 22 yoşli Javohir Yu. mast holatda sevgan qizi bilan gaplaşib oliş maqsadida, Koson tumani “Neköz” MFY Tayzan qişloğiga tanişi Adham A. bilan birgalikda borgan. Ular qizning uyiga devordan oşiş yöli bilan kirgan vaqtlarida, qizning ukasi 20 yoşli Bunyod S. hovlida odam şarpasini sezib, oşxonadan rözğor piçoğini olib çiqqan. Bunyod S.ni körgan Adham A. hovlining devoridan oşib tuşib qoçib ketgan.
Hovlining burçagida qolib ketgan Javohir Yu. esa sovçilariga nima sababdan rad javobini berganliklarini aytib, qizning ukasi bilan özaro oğzaki tortişib qolgan va natijada Bunyod S. qölida bölgan oşxona piçoği bilan Javohir Yu.ning qorin sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada Bunyod S.ning oila aʼzolari Javohir Yu.ga birinçi tibbiy yordam körsatib, Qarşi şahrida joylaşgan Respublika şoşilinç tez-tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filialiga tez tibbiy yordam maşinasida olib borişgan, körsatilgan birlamçi tibbiy yordamga qaramasdan Javohir Yu. olgan oğir tan jarohatlari oqibatida şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Bunyod S.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, jabrlanuvçining ölimiga sabab bölsa) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, Bunyod S. ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









