Boşi uçun 1 mln dollar tikilgan özbek yigiti

Boşi uçun 1 mln dollar tikilgan özbek yigiti

Baxtiyor Abduğafurning «Madaminbek» va «Uzbeçka» asarlarini yaxşi bilasiz. «Uzbeçka» asosida film ham işlandi.

U yana bir film olsa arziydigan asar yozibdi — nomi «Kazbek» Osiyo arsloni». Umuman, Baxtiyorning köp romanlari asosida kino qilsa böladi, çunki u tarixiy şaxslar va tarixiy voqealarni aniq, buzmasdan va badiiy böyoqlardan tobida foydalangan holda köz oldingizda jonlantira oladi — öziga xos «lite» dokumentalistika.

Ikkinçi jahon uruşining eng qaqşatqiç zarbalarini qabul qilgan Belarus, Ukraina kabi mamlakatlarda partizanlik harakati haqiqiy umummilliy birlaştiruvçi ğoyaga aylangandi. Aynan partizanlik natijasi sifatida Belarus tuproği faşistlardan tozalandi deyiladi «Vikipediya»da.

«Kazbek» Belarus partizan otryadlaridan birining komandiri, yurtdoşimiz, «Sovet ittifoqi qahramoni», jasur va çapdast jangçi-partizan Mamadali Topivoldiyev haqida hikoya qiladi.

Topivoldiyev Riştonda tuğilgan, uruşgaça mexanizator bölgan, 20 yoşida armiyaga ketib, 1941 yil endi harbiy xizmatni tugataman deb turganida uruş boşlangani sabab frontda qolgan böz yigit. U katta akademiyalaru harbiy maktablarni bitirgan manaman degan zobitlaru generallarning hurmatiga sazovor böladi: önlab duşman eşelonlarini portlatadi, yigirmataça nemis ofitseri va bir generalini asir olib, muhim razvedka maʼlumotlarini qölga kiritadi, «Kazbek» desa duşman armiyasi titraydigan, nomi hatto Gitlergaça yetib borib, boşi uçun fyurerning özi 500 ming reyx marka mukofot vaʼda qilgan haqiqiy arslon.

Bunday fabula har qanday yozuvçi uçun topilma. Ozgina uslubiy va badiiy böyoq bersa, biografiyasining öziyoq «ekşn» bölgan qahramon haqidagi asar qiziqarli çiqişi tayin.

Lekin Baxtiyor Abduğafur öziga xiyonat qilmay, öşa paytdagi tarixiy voqealar, qahramonlar keçinmalari, motivlari va taqdiri haqida muqobil versiyalarni beradi. Öquvçini tanganing har ikki tomoniga qaraşga majbur qiladi.

Asardagi faşist ham, xoin ham, qahramon ham öz insoniy keçmişlari, nima uçun şunday qilayotganini asoslantiruvçi sabablari va fojiali taqdiriga ega. Inson ezgulik va yovuzlikni tanlar ekan, buni faqat köngilxuşlik yo şaxsiy ambitsiyalar uçun qilmaydi. Har qanday yovuzlikni keltirib çiqaruvçi undanda kattaroq yovuzlik turadi ortida.

Xuddi şunday, natsistlar tomonda jang qilayotgan, bolşeviklar otasi va yaqinlarini öldirgan Danilevskiy ham qaysidir maʼnoda qasoskor. Yoki onasini «kommunist» zörlagan Seryoja Xomutning ham öz kuraşi va haqiqati bor. Otasini masjiddan olib çiqib osişganini körgan Muzaffarxonning «Turkiston legioni»ga nima uçun qöşilgani ham ayon. Xullas, uruşda heç nima oppoq yo qop-qora emas. Hammasi — oqibat, sabab esa yovuzlik. Uruş şu «Pandora qutisi»ni oçib yuboradi.

«Kazbek» romani faqatgina qiziqarli syujet emas, öziga xos tarixiy-siyosiy qayta anglaş natijasi ham. Uni öqib körib ideallaringizni yana bir taftiş qilişga majbur bölasiz.

Baʼzi eʼtirozlarimni ham aytişim kerak. Romanda yakka ijobiy qahramon bor. Qolganlar qusurli, «Kazbek» qusursiz. U nimagadir heç xato qilmaydi. Aslida xatolari va ulardan qilgan xulosalari qahramon portretini yanada serböyoq qilardi, nazarimda.

Romanda ayollar obraziga juda kam örin berilgan, xiraroq işlangan. Birgina Mamadali Topivoldiyevning hayotini saqlab qolgan ayol — dösti Vanyaning onasi obrazini olaylik. Tarixdan maʼlumki, yaralangan M.Topivoldiyevni Anna Vasilevna özining yaşirgan pullari va buyumlarini bisotidan çiqarib sotib davolaydi. Jonini xatarga qöyib qahramonni faşistlardan yaşiradi. Ayolning öğillari, hatto Vanya ham uruşda ölib ketadi. Mamadali uning yagona öğli bölib qoladi. Uruşdan keyin ham uni doim yöqlab turadi, unga uy qurib beradi. Hozirda Anna Vasilevnaning nevaralari şu uyda yaşaşadi. Anna ona Özbekistonga köp kelib, Riştondagi tutingan öğlinikida (hatto Topivoldiyev ölib ketgaç ham) har yili 9 mayni nişonlaydi.

Bu turli siyosiy evrilişlar ham xiralaştira olmagan yorqin insoniy munosabatlardir.

Umuman, «Kazbek» romani meni şunday qahramon bir vatandoş tufayli ğururlanişim, faxrlanişim, boşimni baland kötarişimga sabab böldi.

Sizga ham romanni tavsiya qilaman.


×