Maʼlumotlar uzatişning zamonaviy texnologiyalarini faol joriy etiş, keng polosali ulanişning optik tarmoqlarini rivojlantiriş va mobil aloqa tarmoğini modernizatsiya qiliş uçun qulay şart-şaroitlarni taʼminlaş maqsadida Özbekiston Xitoy davlat taraqqiyot bankidan 5 yil muddatga 40 million dollar miqdorida qarz oladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga köra, uşbu mablağlar investitsiya loyihalari doirasida «Özbektelekom» AK tomonidan tuziladigan, texnologik uskunalar, dasturiy taʼminot hamda xizmatlar körsatişni yetkazib beriş uçun import şartnomalari qiymatining 100 foizini tölaşga sarflanadi.
Xitoy davlat taraqqiyot banki kreditini tölaş bilan boğliq xarajatlar, şuningdek, foizlar, komissiyalar va ular böyiça boşqa xarajatlar «Özbektelekom» AKning şaxsiy mablağlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatda «5G texnologiyasini joriy etiş istiqboli bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş», «Maʼlumotlarni saqlaş va qayta işlaş markazini kengaytiriş» hamda «Internetga keng polosali ulaniş böyiça simsiz texnologiyalarni joriy etiş» kabi loyihalar ham nazarda tutilgan.









