Anqara Rossiya va Ukrainani zudlik bilan harbiy harakatlarni töxtatişga çaqiradi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Kosovo Prezidenti Vosa Usmoniy-Sadu bilan muzokaralar yakunlari böyiça ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Biz Rossiya va Ukrainani zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqiramiz. Ikki davlat ham dunyoda tinçlik örnatilişiga hissa qöşsin”, deydi Turkiya rahbari.
U "mintaqadagi va undan taşqaridagi barça öyinçilarning mintaqaviy tinçlik va barqarorlikka hissa qöşişi" muhimligiga işora qilgan.
Prezident Erdöğan Yevropa Ittifoqi yetakçilarining Ukrainaning ittifoqqa kirişiga qaratilgan saʼy-harakatlarini olqişladi. Şu bilan birga, u Bryussel tomonidan Turkiyaning ittifoqqa qöşilişi borasida olib borilayotgan ikki tomonlama standartlar siyosatini yana bir bor eslatdi.
“Yevropa Ittifoqi aʼzolaridan söramoqçiman, nega Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirişi masalasi hali ham sizni taşvişga solmoqda? Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligiga va Turkiyaga nisbatan befarqmasligingizni körsating. Yoki Turkiyaga kimdir hujum qilsagina bu masalani kun tartibiga qöyasizmi?”, deydi Turkiya rahbari.
U Turkiya Kosovoning NATOga aʼzo bölişi uçun kerakli qadamlar taşlaşini qayd etgan. Erdöğanga köra, Anqara har doim Şimoliy Atlantika alyansining kengayişini qöllab-quvvatlab kelgan, çunki bu dunyoda barqarorlikni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Turkiya yetakçisi FETO terror taşkilotiga qarşi kuraşga ham töxtaldi. Şu munosabat bilan u Kosovo rasmiylarini uşbu mamlakat hududidagi guruh faoliyatiga qarşi kuraşiş böyiça saʼy-harakatlarni faollaştirişga çaqirdi.
“Demokratiyamizga hujum qilgan va 251 nafar fuqaromizni şafqatsizlarça öldirgan terror taşkilotining mavjudligiga çek qöyiş nihoyatda muhim”, deydi Prezident.









