Peterburgda özbekistonlik ayol farzandini tiriklayin kömmoqçi böldi

Peterburgda özbekistonlik ayol farzandini tiriklayin kömmoqçi böldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida 10 oylik çaqaloqni tiriklayin kömmoqçi bölgan ayol uşlandi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Vavilov köçasida yaşovçilar çaqaloqni tiriklayin kömmoqçi bölgan ayolni körib qolib, politsiyaga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari özbekistonlik ayolni qölga olgan. Uning tört farzandi borligi aytilmoqda.

Ayol söroq paytida bolani öldiriş niyati bölmaganini, faqat erini xiyonat qilişdan qaytariş uçun öziga xos marosim ötkazganini aytgan. Kalinin tumani maʼmuriyati xabariga köra, ayol ruhiy-nevrologik dispanserda röyxatga olingan.

Voqeadan keyin ayol ruhiy-nevrologik şifoxonaga, çaqaloq esa bolalar şifoxonasiga yotqizilgan.

Ayni paytda huquq-tartibot idorasi xodimlari voqea sabablarini örganişda davom etmoqda.


×