Ombudsman gumondorlar qiynoqqa solinayotganiga munosabat bildirdi

Ombudsman gumondorlar qiynoqqa solinayotganiga munosabat bildirdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalgan 2 gumondor şaxsning IIO tergovida vahşiyona qiynalayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda Ombudsmanning Axborot xizmati xabar berdi. 

Maʼlum bölişiça, Ombudsmanga advokat U.M.ning himoyasi ostidagi Hasanboy Abdunabiyev qiynoqqa solingani haqida yuborilgan murojaat tezkorlik bilan ijroga xqaratilib, 1 may kuni uşbu murojaat Özbekiston Respublikasi JPK talablari asosida körib çiqiş uçun Boş prokuraturaga Ombudsmanning alohida nazorat xati orqali yuborilgan.

Şuningdek, Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatçilik guruhlari vakillari tomonidan xabarlarda qayd etilgan şaxslar bilan uçraşib, holi tarzda suhbatlaşişlari uçun navbatdan taşqari monitoring taşrifini taşkil qiliş ham rejalaştirilgan. Bundan taşqari, Ombudsmanga yuborilgan qiynoqqa oid murojaatlar, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan xabarlar darhol nazoratga olinişi va örganilişi bildirilgan. Örganiş natijalari böyiça jamoatçilik xabardor qilinişi aytilgan.

Eslatib ötamiz, oldinroq Namangan viloyati Pop tumani Çodak qişloğida yaşovçi Doniyor Töraxöjayevning bosqinçilikda gumonlangan 40 yoşdagi ukasi Dilşodjon joriy yilning 12-15 aprel kunlari Toşkent şahar IIBB Tergov bölimi xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganligi, oğiz va qöllari skotç bilan boğlanib, şafqatsiz muomalaga duçor qilinganligi böyiça xabarlar tarqalgandi. Bundan taşqari, Toşturmada saqlanayotgan 29 yaşar Hasanboy Abdunabiyevga nisbatan sodir etilgan qiynoq natijasida u salkam nogironga aylanib qolgani aytilgandi. Şundan söng, mazkur holat yuzasidan Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohruh Ğiyosov munosabat bildirib, Dilşodjon Töraxöjayev haqiqatdan ham fuqaro kiyimidagi jinoyat qidiruv bölimi xodimlari, maxsus kiyimdagi tergovçilar tomonidan majburiy körsatma oliş maqsadida qiynoqqa solinganini maʼlum qildi. Hasanboy Abdunabiyev esa qölga oliş jarayonida qattiq qarşilik körsatgani aytildi.


×