Avvalroq, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev Oliy sudni tanqid qilib çiqqandi. Deputat fuqarolar Oliy sud rahbariyati qabuliga kira olmayotganidan norozi ekanini taʼkidlagandi.
Oliy sud matbuot xizmati fuqarolar qabuli yuzasidan muhokamaga sabab bölgan masalaga munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, mamlakatda karantin çoralari kuçaytirilgan kezlarda Oliy sud Rayosatining 2020 yil 20 martdagi RS-13-20-sonli “Özbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş töğrisida”gi Qaroriga asosan, sudlarda fuqarolarning şaxsiy qabuli, şu jumladan, Oliy sud raisi va rais örinbosarlari qabuli maxsus buyruq çiqqunga qadar töxtatib turilgan.
“Aynan karantin çoralari kuçaytirilgan kezlarda şikoyat hamda arizalar sudlarga faqat elektron şaklda info@supcourt.uz poçta manzili orqali qabul qilindi va ularning amaldagi qonunçiligimizga muvofiq körib çiqilib, qonuniy hal etilişi taʼminlandi”, deyiladi xabarda.
Öz navbatida, sudlarga elektron murojaatlar, şuningdek, Oliy sud rahbariyati qabuliga elektron röyxatdan ötiş Özbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlari portali my.sud.uz orqali ham amalga oşirilgan.
Binobarin, Oliy sud rahbariyati tomonidan fuqarolarning qabuli mutlaqo amalga oşirilmadi, degan iddaolar asossiz ekanini quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi, deya qator statistik maʼlumotlar keltirilgan.
2020 yil mobaynida Oliy sud rahbariyati tomonidan jami 5 896 nafar fuqaro qabul qilingan. Ularning 1 876 nafari bevosita Oliy sudda, 3846 nafari sayyor qabullarda, 174 nafari videokonferentsaloqa tizimi yordamida qabul qilingan.
Şuningdek, 2020 yil mobaynida Oliy sud raisi tomonidan 341 nafar (bevosita Oliy sudda 254 nafar, videokonferentsaloqa tizimi orqali esa 87 nafar) fuqaro qabul qilingan.
Oliy sud raisining birinçi örinbosari Robaxon Mahmudova tomonidan 2020 yil mobaynida 428 nafar (bevosita Oliy sudda 28, sayyor qabullarda 392 nafar, videokonferentsaloqa tizimi orqali 8 nafar) fuqaro qabul qilingan.
Oliy sud raisining örinbosari Ikrom Muslimov tomonidan 1 472 nafar (bevosita Oliy sudda 685, sayyor qabullarda 775 nafar, videokonferentsaloqa tizimi orqali 12 nafar) fuqaro qabul qilingan.
Oliy sud raisining örinbosari Baxtiyor Isakov tomonidan esa 2 416 nafar (bevosita Oliy sudda 113, sayyor qabullarda 2 303 nafar) fuqaro qabul qilingan.
Şuningdek, 2020 yil 4-çoragida Oliy sud qabulxonasiga taşrif buyurgan 631 nafar fuqaroning ariza va şikoyatlari qabul qilib olingan va uşbu murojaatlarning qonuniy hal etilişi taʼminlangan.
“Kezi kelganda Oliy sud rahbariyati qabuliga kiriş tartibi xususida ham alohida töxtalmoqçimiz”, deya baʼzi tuşuntirişlar ham berilgan.
Mazkur tartibga asosan, şuningdek, har bir sudya mustaqil ekanligi nuqtai nazaridan xolislikni taʼminlaş maqsadida Oliy sud raisining qabuliga rais örinbosarining qabulidan keyin (rais örinbosarining javob xatidan norozi bölgan taqdirda) örinbosarlar qabuliga tegişli sudlov xayʼatlari tomonidan çiqarilgan qarordan norozi bölgan fuqarolarning kirişlari belgilangan.
“Uşbu tartibdan bexabar ayrim fuqarolar örtasida baʼzan tuşunmovçiliklar yuzaga kelişi tabiiy, albatta. Bunday noroziliklarni ijtimoiy tarmoqlarda zudlik bilan tarqatib yuboriş orqali keng jamoatçilik örtasida sudlarga nisbatan salbiy fikrlar yuzaga kelayotganidan ham köz yumolmaymiz”, deyiladi bayonotda.
Bayonotda pandemiya munosabati bilan Oliy sud rahbariyati tomonidan fuqarolar qabulini tölaqonli amalga oşiriş imkoniyati bölmaganligi, öz navbatida, ayni şu murakkab vaziyat sababli baʼzi fuqarolarga sudga murojaat qilişi uçun noqulay vaziyat yuzaga kelganligini inkor etib bölmasligi taʼkidlangan.









