Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nişonlaş arafasida «Jazo muddatini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida»gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 541 nafar şaxs afv etildi.
Afv etilgan şaxslarning 374 nafari asosiy jazodan töliq ozod etildi, 110 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 18 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi. Şuningdek, 39 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 36 nafarini çet el fuqarolari, 136 nafarini ayol, 75 nafarini 60 yoşdan oşgan erkaklar hamda 6 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.









