Eksport qiluvçilarga 50 foizgaça kompensatsiya beriladi – Prezident farmoni

Eksport qiluvçilarga 50 foizgaça kompensatsiya beriladi – Prezident farmoni

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyaviy qöllab-quvvatlaşni yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi. Quyida farmonning töliq matni bilan tanişişingiz mumkin.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi bosqiçida eksport hajmlarini köpaytiriş orqali makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş, tayyor mahsulot yetkazib beruvçilarni qöşimça moliyaviy va taşkiliy rağbatlantiriş, şuningdek, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajariş maqsadida:

1. Şunday tartib örnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 yanvarga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi eksport qiluvçilarga, şu jumladan, asosiy faoliyat turi savdo-vositaçilik bölgan eksport qiluvçilarga:

a) eksportoldi moliyalaştiriş, şu jumladan, aylanma mablağlar uçun ajratiladigan kreditlar böyiça tijorat banki tomonidan belgilangan kredit foiz stavkasi va miqdoridan qatʼi nazar:

milliy valyutadagi kreditlar böyiça foiz xarajatlarining 50 foizigaça, biroq 10 foiz banddan köp bölmagan miqdorda;

çet el valyutasidagi kreditlar böyiça foiz xarajatlarining 50 foizigaça, biroq 5 foiz banddan köp bölmagan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etadi;

b) tijorat banklarining eksportoldi moliyalaştiriş, şu jumladan, aylanma mablağlari uçun beriladigan kreditlari böyiça kredit summasining 50 foizigaça, biroq 8 milliard sömdan oşmagan miqdorda kafillik beradi;

v) ijobiy kredit tarixiga ega bölsa, avval olgan kreditlari böyiça qarzdorligi bölişidan qatʼi nazar, eksportoldi moliyalaştiriş, şu jumladan, aylanma mablağlar uçun qöşimça olinadigan kreditlari böyiça mazkur bandda belgilangan miqdorlar va şartlarda kompensatsiya va (yoki) kafilliklar taqdim etadi;

g) taqdim etiladigan kafilliklar böyiça komissiya tölovlarini ikki baravarga kamaytirilgan miqdorda undiradi.

2022 yil 1 yanvardan boşlab Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan eksport qiluvçilarni qöllab-quvvatlaş Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi PQ–4337-son “Eksport faoliyatini moliyalaştiriş va suğurta himoyasi mexanizmlarini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oşirilsin.

2. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rağbatlantiriş agentligiga (keyingi örinlarda – Agentlik) quyidagi qöşimça vazifalar yuklatilsin:

tijorat banklariga eksport bilan boğliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari uçun moliyaviy resurslar ajratiş;

xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya taşkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalaştiriş uçun mablağlar jalb etiş işlarini taşkillaştiriş.

3. Agentlikka yuklanayotgan qöşimça vazifalarni amalga oşiriş uçun uning huzurida yuridik şaxs taşkil etmagan holda resurs bazasi quyidagi manbalar hisobidan şakllantiriladigan Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi (keyingi örinlarda – Jamğarma) taşkil etilsin:

Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan qaytarmaslik şarti bilan 100 million AQŞ dollari;

xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya taşkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya kompaniyalarining qarzlari;

Jamğarma mablağlarini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylaştirişdan tuşadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.

4. Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi bir oy muddatda mazkur Farmonning 3-bandida nazarda tutilgan 100 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağning 50 foizini boşlanğiç kapitalni şakllantiriş uçun Jamğarmaga ajratilişini taʼminlasin.

5. Belgilansinki:

uşbu Farmonda nazarda tutilgan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrdagi PF–5587-son Farmoni bilan tasdiqlangan röyxatdagi xomaşyo tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;

Agentlik tomonidan tijorat banklariga eksport bilan boğliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari uçun bir martalik moliyaviy resurslar 1 million AQŞ dollari ekvivalentidan oşmagan miqdorda hamda bir yilgaça muddatga taqdim etiladi;

Agentlik tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditni töliq söndirmagan eksport qiluvçi uçun bunday moliyaviy resurslar ajratişga yöl qöyilmaydi;

tijorat banklariga eksport bilan boğliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari Agentlik tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan moliyalaştirilganda, Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan kompensatsiyalar taqdim etilmaydi.

6. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi har çorakda Agentlik hamda Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan eksportni moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisidagi maʼlumotlarning Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borilişini taʼminlasin.

7. Özbekiston banklari assotsiatsiyasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, eksport qiluvçilarning taşqi savdo operatsiyalarini moliyalaştirişning diversifikatsiyalangan vositalari töplamining uç oy muddatda işlab çiqilişi va tijorat banklari amaliyotiga joriy etilişini taʼminlasin.

8. Eksport va investitsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça Hukumat komissiyasi (S.U.Umurzakov) bir oy muddatda Agentlik tomonidan tijorat banklariga eksport bilan boğliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalaştiriş kreditlari uçun moliyaviy resurslar taqdim etiş tartibini tasdiqlasin.

9. Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq özgartirişlar kiritilsin.

10. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari S.U.Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev

Toşkent şahri, 2020 yil 21 oktyabr

×