Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
“Sizni va döstona Turkmaniston xalqini samimiy tabriklaş va milliy bayram – Turkmaniston mustaqilligi kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni va eng yaxşi tilaklarimni izhor etiş menga katta mamnuniyat bağişlaydi.
Sizning dono rahbarligingizda Turkmaniston barça sohalarda sezilarli yutuqlarga erişmoqda. Mamlakatingizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida aholining turmuş darajasi ösib borayotgani, ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirilayotgani, yangi gözal şaharlar bunyod etilayotgani, yirik zamonaviy infratuzilma inşootlari barpo etilayotganidan juda mamnunmiz.
Turkmaniston tomonidan BMT va boşqa nufuzli tuzilmalar doirasida global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar böyiça ilgari surilgan amaliy taşabbuslar mamlakatning xalqaro maydondagi roli va obrösi ösib borayotganining yorqin tasdiğidir.
Köp qirrali özbek-turkman aloqalari xalqlarimizning köp asrlik tarixi, tili, maʼnaviy va madaniy qadriyatlari muştarakligi asosida samarali rivojlanib bormoqda. Birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklik barça ustuvor yönalişlarda, şu jumladan savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika, qişloq xöjaligi, madaniy-gumanitar va boşqa muhim sohalarda izçil mustahkamlanib bormoqda.
Işonçim komilki, döstlik, yaxşi qöşniçilik, özaro hurmat va qöllab-quvvatlaşga abadiy sodiq qolgan ikki qardoş xalqimiz manfaatlari yölida Özbekiston bilan Turkmaniston örtasidagi munosabatlar bundan keyin ham kengayib boradi”, deyiladi Prezident tabrigida.
Maʼlumot uçun, 27 sentyabr kuni Turkmanistonda mamlakatning asosiy bayrami Mustaqillik kuni nişonlanadi. 1992-2017 yillar davomida bu bayram 27 oktyabr kuni nişonlangan. 2017 yilda bayram 27 sentyabrga köçirilgan.
Eslatib ötamiz, Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatni 2007 yildan buyon boşqarib keladi.









