Buxoroda 13 yoşli qiz ammasining öğlidan farzandli böldi

Buxoroda 13 yoşli qiz ammasining öğlidan farzandli böldi

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi maktabda öqiydigan 13 yoşli qiz ammasining 20 yoşli öğlidan farzandli bölgan. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Maʼlum bölişiça, Jondor tumani xalq taʼlimi bölimi mudiri Latofat Jörayevaning söziga köra, 2008 yilda tuğilgan Ş.M. Buxoro şahrida yaşovçi ammavaççasi R.T. bilan işqiy munosabatda bölib yurgan.

Bir neça yil ilgari örta maktabni tugatgan R.T. işlaş uçun Rossiyaga ham qatnab yurgan. Xabarda aytilişiça, u qizning yoş va soddaligidan foydalangan.

“Maktabning sobiq direktori O.Q. 7-sinf öquvçisi Ş.M.ning xatti-harakatidan şubhalangan. Şundan söng qizning ota-onasi maktabga çaqirtirilgan va holat oçiqlangan.Oila esa ibratli, mahallada hurmat topgan xonadonlardan biri. Afsuski, hatto, ota-onasi ham qizining homiladorligidan bexabar bölgan. Töğrisi, onaizorning holatini tasvirlab beriş menga oson emas”, — deydi Latofat Jörayeva.

Maktab direktori F.T. homilador öquvçisining 13 dekabr kuni keçqurun Buxoro şahridagi Perinatal markazida farzandli bölganini bildirgan. Tibbiyot xodimlaridan birining maʼlum qilişiça, bola soğlom va nazorat ostida.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Şuhrat Jalolovning «Daryo»ga maʼlum qilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

×