“Arqadağ” Afğonistondagi vaziyatga qanday yondaşiş kerakligini aytdi

“Arqadağ” Afğonistondagi vaziyatga qanday yondaşiş kerakligini aytdi

Afğonistondagi voqeliklar özgardi, endi ularga mafkuraviy imtiyozlar, fobiyalar va stereotiplarsiz yondaşiş kerak. Bu haqda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasi yiğilişida maʼlum qildi.  

“Afğonistondagi vaziyat oddiy emas, hokimiyat va jamiyatning yangi institutlari juda mört. Şuning uçun bu mamlakatdagi vaziyatni talqin qiliş va baholaşda sözda ham, amalda ham muvozanat, masʼuliyat talab qilinadi. Afğon voqeliklari özgardi, ularga yondaşuvlar şakllanar ekan, mafkuraviy imtiyozlar, eski ginalar, fobiya va stereotiplardan voz keçiş kerak. Birinçi navbatda, uruşlar va tartibsizliklardan çarçagan, tinç va osoyişta hayotni orzu qilgan afğon xalqi haqida öylaş kerak”, degan u. 

Prezidentga köra, Aşxobod Afğonistondagi siyosiy barqarorlik va xavfsizlik, “qardoş afğon xalqining farovonligi va birligi” bilan çuqur qiziqadi. 

“Biz Afğonistondagi vaziyatning tezroq normallaşişini xohlaymiz va paydo bölayotgan davlat institutlari butun afğon xalqining manfaatlari yölida samarali işlaşiga umid qilamiz. Öz navbatida, Turkmaniston, avvalgidek, Afğonistonga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam körsatadi”, degan Berdimuhammedov.

×