Ronaldu hibsga olinişi mumkin

Ronaldu hibsga olinişi mumkin

Saudiya Arabistoni öziga xos xulq-atvor qoidalari va qonunlariga ega bölgan islomiy davlatdir. “Al-Nasr”ning yuqori maoş oluvçi hujumçisi Kriştianu Ronaldu esa davlat qonunlarini hali yaxşi bilmaydiganga öxşaydi.

Mamlakat çempionati doirasida “Al-Nasr” va “Al-Hilol” (0:2) jamoalari örtasidagi öyinning tanaffus vaqtida mehmon jamoa muxlislari hujumçini ğazablantirişga qaror qildi. Muxlislar Ronalduga qarab Messi, deb baqirdi. Ronaldu esa muxlislarga odobsiz işora körsatdi.

Maʼlum bölişiça, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda saudiyalik muxlislar nafaqat portugaliyalik futbolçi bilan şartnomani bekor qilişga, balki uni mamlakatdan deportatsiya qilişga ham çaqirmoqda. 

Advokat Nouf bin Ahmad mamlakat prokuraturasiga Kriştianuni hibsga oliş va mamlakatdan deportatsiya qiliş böyiça sörov yubormoqçiligini taʼkidladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ronaldu uçun istisno tariqasida Saudiyaning ayrim qonunlariga köz yumilişi maʼlum bölgandi. Kriştianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges Saudiya Arabistonida turmuş qurmagan juftliklarning bir uyda yaşaşini taqiqlovçi qonundan ozod qilingandi.


×