Prezident Şavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib çiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantiriş, aholi farovonligini oşiriş masalalari yuzasidan videoselektorda iş örinlarini taşkil etiş, bandlikni taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Prezident bandlik dasturi ijrosi yillik rejaga past bölgan şahar va tuman hokimlari va sektor rahbarlari yarim yilda özgariş qilmasa, ularni işdan olişini aytdi.
Bunga faqat iqtisodiy körsatkiç sifatida emas, balki xalqimizning ijtimoiy himoyasi nuqtai-nazaridan qaraş zarur va şart”, dedi Prezident.
Ayrim viloyat, tuman va şahar hokimlari tomonidan yangi iş örinlarini yaratiş va bandlikni taʼminlaş böyiça rejalar qoniqarsiz bajarilayotgani körsatib ötildi.
Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Farğona va Xorazmda yanvar-fevral oylaridagi bandlik dasturi ijrosi yillik rejaga nisbatan past.
Tuman va şaharlar kesimida Samarqand, Termiz, Nurafşon, Zarafşon şaharlari, Amudaryo, Qorovulbozor, Denov, Qiziriq, Şovot tumanlarida 2 oylik körsatkiçlar qolgan hududlardan ança past.
Xizmatlar va hunarmandçilikda bandlikni taʼminlaşda ham köplab tumanlarda işlar qoniqarsiz. Yarim yil yakuni bilan natija bölmasa, uşbu şahar va tuman hokimlari va sektor rahbarlari lavozimidan ozod etilişi taʼkidlandi.
Şu bilan birga, bugungi kunda 67 ta faoliyat turi özini özi band qiliş şakliga ötkazilgan. Prezident faoliyat turlarini yana 20 taga köpaytiriş va bu orqali qöşimça 150 ming aholi bandligi taʼminlaş mumkinligini körsatib ötdi.
Viloyat hokimlari mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni qurilişlarga jalb qiliş, ularga zarur asbob-uskunalar olib beriş uçun subsidiya ajratiş hisobiga qöşimça 100 ming aholining rasmiy bandligini taʼminlaşi kerakligi taʼkidlandi. Bandlikni taʼminlaş uçun yangi mexanizmlarni joriy etiş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi.
Dunyo bozorlaridagi holat, xom aşyo, yoqilği va oziq-ovqat mahsulotlari narxining ösib borişi, qöşni davlatlardan pul ötkazmalarining kamayişi aholi daromadlariga körsatişi mumkin bölgan taʼsirni hisobga olib va inflyatsiya hisob-kitoblaridan kelib çiqib, ehtiyojmand aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş kölamini yanada kengaytiriş böyiça takliflar kiritiş vazifasi qöyildi.









