Navalniy 13 yilga qamalişi mumkin

Navalniy 13 yilga qamalişi mumkin

Rossiyada davlat ayblovisi muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniyni firibgarlik va sudni haqorat qilganlikda ayblab, 13 yil qamoq va 1,2 million rubl miqdorida jarimaga hukm qilişni söradi. Bu haqda “Novaya gazeta” xabar berdi.

“Mediazona”ning aniqlik kiritişiça, prokuratura vakili Nadejda Tixonova Navalniyga 10 yil qamoq jazosi berişni söragan, biroq avvalgi hukmlarni inobatga olib, uni 13 yilga ozodlikdan mahrum etişni taklif qilgan.

Navalniyga nisbatan yangi jinoiy iş böyiça sud 15 fevral kuni boşlangan. Sud Navalniy “Iv Roşe” işi böyiça sinov muddatini haqiqiy jazo bilan almaştirganidan keyin jazo ötayotgan Vladimir viloyati, Pokrov şahridagi 2-sonli axloq tuzatiş koloniyasida ötkazilmoqda.

Ayblov guvohlaridan biri, Korruptsiyaga qarşi kuraş fondining sobiq xodimi Fyodor Gorojanko sudda Navalniyga qarşi körsatma berişdan boş tortgan va sud jarayonini “bemaʼni va uyuştirilgan” deb atagan. Şundan söng Gorojanko Rossiyani tark etgan.

RIA Novostiga köra, firibgarlik böyiça iş bir yildan köproq vaqt oldin qözğatilgan. Tergov maʼlumotlariga köra, Navalniy Korruptsiyaga qarşi kuraş fondiga berilgan pulning bir qismini şaxsiy ehtiyojlari uçun öğirlab ketgan va sarflagan.

Xuddi şu işning ikkinçi epizodi Navalniyning Ikkinçi jahon uruşi faxriysi Ignat Artemenkoga tuhmat qilgani uçun hukm qilgan sudya Vera Akimovani haqorat qiliş bilan boğliq. Tuhmat böyiça sud jarayoni natijasida Navalniy 850 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan.

×