Özbekistonda özgalarning yalanğoç holdagi tasvirini tarqatganlar uç yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunga köra, endilikda şaxs tanasining yoki jinsiy aʼzolarining yalanğoç holdagi foto yoki videotasvirini öz içiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatiş, yoki tarqatiş bilan qörqitiş qilmişlari uçun Kanada, Germaniya, Angliya, Şotlandiya, Yaponiya, Avstraliya, AQŞdagi kabi jinoiy taʼqib belgilanib, 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilmoqda.
Eslatib ötamiz, uşbu qonunga köra, endilikda turmuş örtoğini haqoratlagan şaxs 6 million sömgaça jarimaga tortilişi mumkin. Ğarazli niyatlar bilan turmuş örtoğini kaltaklab, badaniga oğir tan jarohati yetkaziş esa 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Şuningdek, jamoat joyida şilqimlik qilgan şaxs 1,5 milliongaça jarimaga tortilişi yoki beş sutkagaça qamalişi mumkin.









