Qöqon Davlat pedagogika instituti yotoqxonasining talaba qizlar yaşaydigan xonaga yaşirin videokamera örnatilganligi haqidagi xabarlar yuzasidan Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotgani aytildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanişiça, joriy yilning 2 aprel kuni Qöqon davlat pedagogika instituti 1-yotoqxonasida yaşovçi V.Z. “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, öz murojaatida talabalarning yeçinib-kiyiniş xonalariga kuzatuv kamerasi örnatganligidan noroziligini bildirgan. Mazkur xabar şu kunning özida tegişli tartibda röyxatga olingan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Qöqon şahar IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi böyiça qöşimça maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi IIB bayonotida.
Qöqonda talaba qizlar yotoqxonasiga kamera örnatilgani foş bölişi ortidan pedagogika instituti rektorati mujmal munosabat bildirdi.
Unga köra, kamera örnatiş institut rektorining buyruği bölgan.
“Bundan közlangan maqsad talabalarning psixologik muammolari bilan işlaş, ularning ruhiy holatlarini barqarorlaştiriş hamda öqiş jarayonidagi stress holatlarini oldini oliş böyiça maxsus xona taşkil etiş bölgan”, deyiladi rektorat munosabatida.
Şu sabab haftaning şanba-yakşanba kunlari talabalar öz uyiga ketişlarini hisobga olib xonani şanba kuni jihozlaş boşlangan.
Lekin bu holat haqida talabalar öz vaqtida ogohlantirilmagan. Natijada uşbu anglaşilmovçilik yuz bergan.
Eslatib ötamiz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qöqon pedagogika instituti talabalar (qizlar) yotoqxonasi xonalaridan biriga kuzatuv kamerasi örnatilgani maʼlum qilgan edi.









