RASUL KUŞERBAYEV;
Agar ular mehribonlik uyi tarbiyalanuvçisi emas, amaldorlarning qizi bölişganida...
Xorazm viloyatida oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan 3 nafar tarbiyalanuvçisi viloyat adliya boşqarmasi va tuman FVV rahbarlari bilan jinsiy aloqa qilişga majburlanganligi holati keng muhokamalarga sabab bölmoqda.
Eng yomogi bizning mustaqil bölişni istamaydigan, adolatsiz, odamlarga emas köproq amaldorlar va davlat idoralarning hoxişi uçun xizmat qiladigan sudimiz, aybdor bölgan mehribonlik uyi rahbarini 5 yilu 6 oyga qamab, qolgan mansabdorlarga ozodligi çeklaş jazosi berib, qamoqdan ozod qilgan.
Bizning sudlardan bunaqa adolatsiz qarorlar qabul qilişini kutsa böladi.
Işonçim komilki, agar jabrlanuvçi qizlar mehribonlik uyi tarbiyalanuvçisi emas, amaldorlarning qizi bölganida bizni öşa sudimiz qizlarni jinsiy aloqa qilişga majburlangan şaxslarning birortasini ham qamoqdan çiqarmay, umri qamoqda çiriydigan jazo tayinlangan bölardi. Lekin bu qizlarning ortida amaldor ota-onasi yoki yaqin qarindoşi yöq, ular yetimxonaning bolalari.
Bölib ötgan holat yana bir bor sudlarimiz hamon qonunlardagi adolat va tenglik printsiplariga muvofiq işlay olmayotganini körsatmoqda. Xayf bölsin bunaqa sudga bölgan işonç, oylik va umr.
Adolatli sud haqidagi gaplar ertak ekanligiga tobora işonç ortib bormoqda!









