Telegram'da yangi “Ahmadboy” paydo böldimi?

Telegram'da yangi “Ahmadboy” paydo böldimi?

Telegram orqali “pulingizni ikki hissa qilib, qaytarib beramiz” deb odamlarni çuv tuşirayotgan şaxs aniqlandi.

Xabar qilinişiça, Toşkent şahar Yakkasaroy tumanida yaşovçi 31 yoşli K.M. Telegram messenjerida "Hadya berib, hadya oling" nomli guruhga aʼzo bölib, guruhdagi "pullarni 2 barobar köpaytirib beramiz" mazmunidagi xabarlarga işongan holda 28 mln söm mablağni nomaʼlum şaxs plastik kartasiga ötkazib berganini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uşbu jinoyat Navoiy viloyati Karmana tumanida yaşovçi 29 yoşli X.D. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. U Özbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 1881-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qonunga muvofiq X.D. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uçun 5 yildan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.

Şunday tovlamaçilik yöli bilan pul işlamoqçi bölgan yana bir jinoyat voyaga yetmagan şaxs tomonidan amalga oşirilgan. 

Farğona viloyati Oltiariq tumanida yaşovçi 37 yoşli O.R. murojaat qilib, nomaʼlum şaxs plastik kartasidan 1 mln 600 ming söm pulini özlaştirganligini bildirgan.

Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida Sirdaryo viloyati Guliston şahrida yaşovçi 16 yoşli Ş.Ş. Telegram messenjeri orqali pulini 2 barobar köpaytirib berişini aytib, nomaʼlum şaxsga zararli havola yuborgan holda uning plastik karta maʼlumotlarini qölga kiritib, pullarni özlaştirgan.

Ş.Ş.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


×