Hukumat qarori (138-son, 11.03.2020 y.) bilan Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning öq-dorilarini işlab çiqariş, taʼmirlaş va realizatsiya qiliş böyiça faoliyatni litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Nizomga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning öq-dorilarini işlab çiqariş, taʼmirlaş va realizatsiya qiliş böyiça faoliyat faqat Özbekiston hududida belgilangan tartibda röyxatdan ötgan yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi.
Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boşqa şaxslarga beriş taqiqlanadi.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning öq-dorilarini işlab çiqariş, taʼmirlaş va realizatsiya qiliş faoliyatini litsenziyalaş Milliy gvardiya tomonidan amalga oşiriladi.
Bu böyiça faoliyatni amalga oşiriş uçun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilişi mumkin.
Litsenziyalar amal qilişi çeklanmagan muddatga beriladi.
Litsenziyalovçi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi körib çiqilganligi uçun BHMning 4 baravari (892 ming söm) miqdorida yiğim undiriladi.
Litsenziya berilganligi uçun BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming söm) miqdorida davlat boji undiriladi.
Litsenziya talablari va şartlariga rioya etilişi ustidan nazorat litsenziyalovçi organ tomonidan amalga oşiriladi.









