Soğliqni saqlaş vazirligi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi hamda Toşkent şahar hokimligi bilan hamkorlikda koronavirus infektsiyasi bilan töqnaş kelgan fuqarolarni ijtimoiy masofa saqlaş böyiça ogohlantiruvçi Self-Safety mobil ilovasi yaratildi.
COVID-19 pandemiyasiga qarşi kuraşda mobil ilovalardan foydalaniş samaradorligi Janubiy Koreya, Singapur, Isroil, Italiya, Frantsiya kabi köplab boşqa davlatlar tajribasida isbotlandi. Bu turdagi ilovalar jamoat joylarida sizning xotirjamligingizni taʼminlaydi, yaqin kişilaringizni kasallik yuqtirib oliş ehtimoli paydo bölganda ogohlantiradi.
Ilova mobil telefonning GPS va Bluetooth modullari yordamida foydalanuvçilardan birida kasallik aniqlansa, bir daqiqa içida barça foydalanuvçilarni 5 metr radiusda kesişgan nuqtalarini soliştiradi. Kesişuv nuqtalari aniqlangaç, mazkur joylarda 5 metrli radiusda bölgan barça foydalanuvçilarga PUSH-xabarnoma körinişida kasal bilan aloqada bölganlik ehtimoli töğrisida va keyingi xatti-harakatlar böyiça tavsiyalar beradi.
Mobil ilova Android va iOS platformalarida mavjud bölib, www.coronavirus.uz veb-saytidagi havolalar orqali yuklab oliş mumkin. Röyxatdan ötişda ilova GPS va Bluetooth modullarini yoqib qöyiş lozim.
Ilova undan qança köp odam foydalansa, uyidan taşqarida uşbu ilovani faollaştirsa, şunça sifatli va yaxşi işlaydi.
Şu örinda biz mamlakatimiz aholisidan infektsiyani barvaqt aniqlaş va tarqalişini oldini oliş maqsadida Safe-Safety ilovasidan faol foydalaniş, hukumat va tibbiyot xodimlariga COVID-19 pandemiyasiga qarşi kuraşişda yordam berişga çaqirib qolamiz.
Safe-Safety ilovasini onlayn magazinlar va www.coronavirus.uz veb-sayti orqali yuklab oling. Özingiz va yaqinlaringizni COVID-19 xavfidan himoyalang!
Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.









