Andijonda 18 yoşli xavfli retsidivist qölga olindi

Andijonda 18 yoşli xavfli retsidivist qölga olindi

Andijonda zargarlik dökonidan bir neça 10 millionli tovarlarni öğirlagan 18 yoşli retsidivist qölga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 21 noyabrdan 22 noyabrga ötar keçasi nomaʼlum şaxs özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Andijon şahri Boburşoh köçasida joylaşgan 45 yoşli I.S.ga tegişli tilla va kumuş buyumlar sotiladigan dökonga ğayriqonuniy ravişda kirgan. U mazkur dökondan 70.000.000 sömlik kumuş buyumlarni, 150 AQŞ dollariga teng bölgan çoyşablar, tarozi, kassa apparati, terminal va bir dona qora rangli “barsetka”ni yaşirin ravişda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringan.

Departamentning taʼkidlaşiça, olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasida, uşbu jinoyatni muqaddam bir neça marotaba sudlangan xavfli retsidivist bölmiş 18 yoşli I.M. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan I.M.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, u, gumon qilinuvçi tariqasida jinoyat işiga iştirok etişga jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

×