Blinken Mirziyoyevdan nima söragani maʼlum qilindi

Blinken Mirziyoyevdan nima söragani maʼlum qilindi

AQŞ rasmiy Toşkentdan ötgan yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida sodir bölgan ommaviy tartibsizliklar böyiça tergov işlarida xolis va şaffof bölişni söramoqda. Bu haqda 28 fevral – 1 mart kunlari Özbekistonga ilk rasmiy taşrifni amalga oşirgan Blinken Toşkentda jurnalistlar bilan ötgan matbuot anjumanida söz oçdi. 

Blinken ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşar ekan, unda taşrifi maqsadi va Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan suhbati mavzularini oçiqladi. Ular orasida Qoraqalpoğiston voqealari ham bor. 

“2022 yilning iyul oyida Nukusda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar çoğida kuç işlatar idoralar xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar Özbekiston tomonidan töliq va şaffof tergov qilinişi tarafdorimiz”, degan Blinken.

Şuningdek, u Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan din erkinligi hamda inson huquqlari sohasida islohotlarni töliq amalga oşirişni ham muhokama qilingan.

Maʼlumot uçun, 2022 yilning 28 noyabr kuni 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat işi yuzasidan Buxoro viloyat sudida sud jarayoni boşlangandi. 31 yanvar kuni bölib ötgan sud majlisida 22 kişiga hukm öqildi. 6 fevral kuni uşbu voqealarga aloqador yana 39 kişiga qöyilgan ayblovlarni körib çiqiş uçun sud majlisi öz işini boşladi. 

Qolaversa, Nukus voqealari böyiça 3 nafar huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.


×