Qoraqalpoğistonning Xöjayli tumanidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabi direktori P.A. Toşkent şahrida böla turib, “komissiya uçun” degan bahonada öqituvçi va texnik xodimlardan 20 ming sömdan pul yiğdirgani aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpoğiston prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 10 fevral kuni tumandagi 21-maktabning direktori P.A. topşiriğiga asosan maktab öqituvçisi D.R. 16 nafar öqituvçidan 320 ming söm yiğib olib, direktorga bergan. Direktor P.A.ning özi esa 18 nafar öqituvçidan 360 ming söm yiğib olgan. Yiğilgan umumumiy pul 680 ming sömni taşkil qilgan.
Maktab direktori P.A. öz körsatmasida uşbu pullar maktabdagi bannerlarni yangisiga almaştiriş uçun yiğilganini, bu pullar amalda heç qayerga işlatilmasdan, öqituvçilarga yana qaytarib berilganini aytgan.
Bir guruh öqituvçilar pullarning yiğiliş sabablari haqida P.A. bergan körsatmalarni tasdiqlagan. Boşqa bir guruh öqituvçilar esa yiğilgan pullar kelgan komissiyani tuşlikda ovqatlantiriş bahonasida yiğilganini maʼlum qilgan.
Uşbu holat ortidan joriy yilning 24 fevral kuni maktab direktori P.A. öz ixtiyori bilan işdan böşaş haqida arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan.
“Hozirda tergovga qadar tekşiruv davom etmoqda, natijasiga köra qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.









