Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev işdan ketdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
26 avgust kuni xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilingan. Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov iştirokida ötkazilayotgan mazkur yiğilişda Bahromjon Nosirboyeviç Haydarov vaqtinçalik hokim vazifasini bajaruvçi sifatida taniştirildi.

Bahromjon Haydarov 1972 yil tuğilgan, maʼlumoti böyiça mutaxassisligi - iqtisodçi, moliya. U 2018 yil fevral oyidan buyon Andijon viloyati hokimligi moliya boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon şahriga hokimlik qilib kelayotgandi. U 2017 yilning kuzida Andijon şahridagi qator taʼlim muassasalarining rahbarlarini nojöya sözlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda maşhur bölgandi.
Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning aprelida boş vazir iştirokida ötkazilgan videoselektorda şahar köçalarini obodonlaştiriş uçun, byudjet taşkiloti xodimlari, jumladan, maktabgaça taʼlim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt köçatlarini ança qimmat narxga sotib olişga majburlagani uçun hayfsan olgan, boş vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini maʼlum qilgandi.









