Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimi Begali Badinov haydovçi bilan qöpol munosabatda bölgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Video ortidan u lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar bermoqda.
Uşbu videoda haydovçi YPX xodimi Badinov bilan muloqotda undan guvohnomasini körsatişini söraydi. Badinov esa unga qöpol munosabatda bölib, hujjat körsatişdan boş tortadi. Şuningdek, planşeti yöqligini aytib, undan barça hujjatlarini berişini, avtomobil signalini çalib körişini talab qiladi.
Turli vajlar bilan haydovçini tutib, uni avtomobildan tuşişga majburlamoqçi bölgan YPX xodimining harakatlari tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab böldi. Şundan söng, Badinovning xatti-harakatlari ustidan Andijon viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekşiruvi boşlandi.
Tekşiruv yakuniga köra, joriy yilning 27 noyabr kuni xizmat mobaynida, haydovçi bilan özaro muloqot davomida oğir-vazmin bölmasdan, mulohaza bilan iş olib boriş örniga, fuqaroga baland ovozda, qöpol munosabatda bölib Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisida"gi Nizom hamda Içki işlar vazirining ayrim meʼyoriy buyruği talablarini buzganligi uçun Andijon viloyati IIB YHXB xodimi B.Badinov egallab turgan lavozimidan ozod etilişi böyiça xulosa qilingan.
Özbekistonda huquq-tartibot organlari, xususan Yöl harakati xavfsizligi xodimlari bilan fuqarolar örtasidagi mojarolari soni kundan kunga ortib bormoqda. Muammoli va ommaviy axborot vositalarida keng tarqalayotgan holatlarning aksariyatida xodimlar öz vakolatlaridan taşqariga çiqayotgani, qöpol munosabatda bölayotgani, haqorat qilayotgani va qöl kötarayotganini köriş mumkin.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 10 iyun kuni Samarqand viloyati, Kattaqörğon tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği örinbosari Aziz Ahmedov Yöl harakati xavfsizligi xodimlarining zörovonligi tufayli vafot etgandi. Mazkur holat böyiça joriy yilning 3 dekabr kuni bölib ötgan sud majlisida YPX xodimlari M. Qöçqorov va Ş. Rahimberdiyev Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam öldiriş) 1-qismi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sudlanuvçilar 2 yil içki işlar organlarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, ularning har biriga 2 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda ötaş belgilandi.









