Toşkentda savdogarlardan “soliq” yiğgan ayol uşlandi

Toşkentda savdogarlardan “soliq” yiğgan ayol uşlandi

Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan Yunusobod tumani fuqarolaridan “soliq” yiğib yurgan fuqaro qölga olindi. Bu haqda IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanişiça, L. ismli fuqaro Yunusobod bozori atrofidagi yerosti yölagida kiyim-keçak sotadigan savdogarlarga bu hudud unga qaraşli ekanini aytib, joy uçun oyiga 250 dollardan pul olgan. Firibgarlikda ayblanayotgan uşbu şaxs 2021 yilning fevral oyidan noyabr oyiga qadar fuqarolardan 73 mln söm undirgan. 

Mazkur hududda 9 oydan beri savdo qilayotgan savdogarlardan biri dastlab 1,5 mln, may oyidan boşlab esa 5 mlndan soliq tölayotganini aytadi.

“Yunusobodda savdo qiliş uçun joy bor deb eşitdim, şu uçun kelgandim. Qarasam, uzun joy turgan ekan, suriştirsam L. opaniki bölib çiqdi. Şu joyda savdo qilsak böladimi desam, ijara haqi oyiga bir yarim mln sömdan boşlanişini aytdi. Mart-aprel oylarida 1,5 mln sömdan berdim. Keyin “har bir stolga 1,5 mln sömdan berasiz”, dedi. Maydan boşlab şu paytgaça 5 mln sömdan tölab, işlab kelyapman”, deydi savdogarlardan biri. 

Aldanib qolgan savdogarning sözlariga köra, L. “soliq”larni oyning har 10-kuni qabul qilib olgan. Agar pul vaqtida berilmasa, oyiga 6-7 mln söm "soliq" tölaydiganlar borligini, yoqmasa çiqib ketişini aytib tahdid qilgan. 

“Aybimni tan olaman. Bir ayoldan savdo qilişi uçun 200 dollar pul söradim, u beraman dedi. Öşa pulni olayotgan paytimda IIB xodimlari tomonidan töxtatilib, qamoqqa olindim. Qilgan işimdan afsusdaman. Adaşdim, uzr sörayman”, deydi u aybiga iqror bölib.

Xabarga köra, Toşkent şahar IIBB tomonidan mazkur holat yuzasidan L. ismli şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan va qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

×