Prezident Şavkat Mirziyoyevga köpçilik mamlakatda ommaviy axborot vositalari faoliyati çeklaş, jurnalistning oğzini yopiş, yana tsenzurani qaytarişni taklif qiladi. Ammo Prezident bunga rozi emas, çunki avvalgi davrdagi uşbu holatlar mamlakatga foyda keltirmagan. Davlat rahbari bu haqda bugun, 24 fevral kuni Qarşi tumanidagi maktabda faollar bilan muloqoti davomida gapirib ötdi.
“Yopiq davlat bölib, ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlamaganimiz uçun adolatni, xalqning ovozini eşitmadik. Eşitmadik! Erkinlik nafasi yoqadimi? Menga yoqadi. Töğri, menga qiyinroq bunday işlaş. Hamma aytadi: “Ey, yopib qöy”. Yöq, yopmayman. Yana oldingidek, prokuror, SNB tekşiruvçi bölaversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi, birimiz ikki böldimi?”, deydi davlat rahbari.
U sözida davom etarkan, OAVni döst deb biliş muhimligini urğuladi.
“Gapirsin, adolatli gapirsin. Tanqid qilsin, töğri tanqid bölsin. Şu qişloqqa, maktabga, taʼlimga foydasi bölsa, nur ustiga nur. Men har kuni internetni ham öqiyman, kim qanday gapiryapti... Vaqtim boriça, 1-2 soat qölimga qalam olib, özimga yozib olaman. Baribir 10 ta fikrdan 9 tasi töğri bölib çiqadi”, deydi Prezident.









