Buxorolik «yulduz» prokuror lavozimiga qaytdi

Buxorolik «yulduz» prokuror lavozimiga qaytdi

Öziga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanişi ortida vazifasidan vaqtinça çetlatilgan Buxoro şahri prokurori Jasur Fozilov lavozimiga qaytdi. Ayni xabarni Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov ÖzA söroviga javoban tasdiqlagan.

Prokurorning lavozimiga qaytişi ötkazilgan xizmat tekşiruvida uning ustidan yozilgan şikoyatdagi vajlar tasdiğini topmaganini (mantiqan) bildiradi. Biroq xizmat tekşiruvi natijalariga oid tafsilotlar hozirça oçiqlangani yöq.

Jasur Fozilov ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentga video murojaat qilganidan söng «internet yulduzi»ga aylandi. U öz murojaatida öziga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilayotgani, mazkur jarayonda qanday qonunbuzilişlar aniqlansa, bunga javob berişga tayyorligini aytib, respublika boş prokurori va uning uç nafar xodimiga aloqador jinoyatlar hamda boşqa maʼlumotlarni foş etmoqçiligini maʼlum qilgandi. Öz navbatida Boş prokuratura rasmiy bayonot berib, Buxoro şahridagi tadbirkorning J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekşirilayotgani, ayni jarayonda u vaqtinça lavozimidan çetlatilganini maʼlum qilgandi.

Buxoro şahri prokurori dastlab 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentga murojjat qilgan bölsa, köp ötmay uning bir emas, yana bir neçta videomurojaatlari tarqalgandi.

Ketma-ket murojaatlardan söng ularni örganiş uçun Respublika idoralararo komissiya tuzilgani maʼlum qilinganidan ham xabaringiz bor.

Keng jamoatçilik mazkur komissiya xulosasini intiqlik bilan kutayotganiga taʼkid şart emas.

×