Xitoyda «raqamli prokuror» yaratildi

Xitoyda «raqamli prokuror» yaratildi

Xitoy fanlar akademiyasi bayonot berişiça, jinoyat işining tafsilotlari asosida şaxsga 97 foiz aniqlikda ayblov eʼlon qila oluvçi sunʼiy intellekt yaratildi. Neyrotarmoq 2015 yildan 2020 yilgaça oçilgan 17 mingta işni örgangan, deyiladi «South China Morning Post» xabarida.

«Raqamli prokuror» modeli sakkiz toifadagi jinoyat bilan işlay oladi: bank kartasidagi pullarni öğirlaş, noqonuniy qimor öyinlari, maşinani xavfli boşqariş, qasddan tan jarohati yetkaziş, öğrilik, firibgarlik, xizmat vazifasini bajarişga tösqinlik qiliş va «muammoni qözğaş».

Kelgusida «raqamli prokuror» boşqa toifa jinoyatlar bilan ham işlay oladi, deyişmoqda olimlar.

Sunʼiy intellekt muayyan işlarda prokurorlar örnini egallaşi mumkin. Dunyo böylab huquqni muhofaza qiliş organlarida sunʼiy intellekt xizmatiga talab ösib boryapti. Masalan, Germaniyada suratlarni taniş va raqamli sud ekspertizasi ötkazişda turdoş texnologiyalar qöllanilyapti. Bu işlarni aniq va tez bajariş uçun zarur.

Xitoy prokuratura faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyasini qöllaşni boşlagan ilk mamlakat böldi. 2016 yildan Tizim-206 deb nom olgan texnologiyadan foydalaniş boşlangan, u dalillar va hibsga oliş şartlarini baholab, jinoyat qilganlikda gumondor şaxsning jamiyat uçun qançalik xavfli ekanini (yoki aksini) aniqlab beradi.

×