Hokimlar yana bir vakolatidan mosuvo qilinyapti

Hokimlar yana bir vakolatidan mosuvo qilinyapti

Va nihoyat Özbekiston qonunçiligiga viloyat, tuman, şahar hokimlarining bir vaqtning özida xalq deputatlari Kengaşining raisi lavozimini egallaşi mumkin emas degan norma kiritilmoqda. Bu haqda ayni vaqtda bölib ötayotgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qöşma yiğilişida maʼlum qilindi.

Avvalroq deputatlar tomonidan avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengaşlariga boşçilik qilişini nazarda tutuvçi qoida çiqarib taşlangan edi.

Biroq, jamoatçilik tomonidan berilgan takliflarda bunday özgarişning özi yetarli emasligi, yaʼni hokimlar xalq deputatlari Kengaşlarida rahbar böla olmasligi aniq körsatilişi kerakligi bildirilgan.

Şunga muvofiq, deputatlar taklifi bilan “hokim lavozimini egallab turgan şaxs bir vaqtning özida tegişli xalq deputatlari Kengaşining raisi lavozimini egallaşi mumkin emas” degan qatʼiy norma örnatilmoqda.

Maʼlumot uçun, bugungi kunda Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengaşi raisi viloyat hokimi Botir Zaripov hisoblanadi. Qolaversa, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengaşi raisi ham viloyat hokimi Ergaş Soliyevdir.

Eslatib ötamiz, sobiq Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev bir vaqtning özida Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining raisi sifatida ham faoliyat yuritgan edi. U hokimlik lavozimidan ketganidan söng köp ötmay Kengaş raisligini ham tark etdi.


Teglar:
×