Hokimlar hududlarning begi emas, xalqning yollanma işçisi — Ruslanbek Davletov

Hokimlar hududlarning begi emas, xalqning yollanma işçisi — Ruslanbek Davletov

Özbekistondagi hokimlar va soha rahbarlari öz hududi hamda sohasining begi emas, balki xalqning yollanma xizmatçisi. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov keça, 7 fevral kuni jamoatçilik vakillari uçun ötkazilgan Matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Anjumanda vazir hamma hokimlik qarorlari “e-qaror” tizimida şaffof çiqişni boşlaşi ortidan rezonanslar ham kuzatilayotganini alohida urğuladi.

“Hamma hokimiyat qarorlari “e-qaror” tizimida şaffof çiqişni boşladi. Byudjetdan qança pul ajratilyotgani oçiq aytilyapti. Bizga ham monitoring nazorat qiliş oson böldi. Çunki oldin borib, körib, tekşirar edik. Hozir hammasini körib turamiz, çunki biz, adliya tizimi, “back” ofisda ötiramiz. Negaki vasiyat va boşqa holatlar bilan boğliq bölgan yopiq hujjatlar ham böladi. Öşa paytda mahalliy byudjet pulini sarflaşni ham yopişga harakat qilingan holatlar bor. Körsatkisi kelmaydi. “Bitta haykalga şunça pulmi”, deb jamoatçilik darrov kötaradi. Töppa-töğri, kötariş kerak. Balki şu orqali qaysi tomong pul ketqaziş böyiça qadriyatlarimizni töğri yölga qöyib olarmiz”, deydi vazir Davletov.

U sözida davom etib, hokimlar qarora eʼlon qilinadigan “e-qaror” köplarga yoqmayotganini ham qöşimça qildi. Şuningdek, u bu tizim vazirliklar uçun ham joriy etilişini bildirdi.

“Köp hokimliklarga yoqmayapti. Ammo biz qattiq turibmiz, bu örinda hukumat rahbari, bevosita Prezident judayam qöllab-quvvatlayapti.

2022 yildan vazirliklarga ham “e-qaror” tizimini tatbiq etmoqçimiz. Vazirliklar qarorlari ham şunday bölsin. Çunki vazirliklar ham juda köp pul sarflaydi, juda köp “işlar”ni qiladi. Hokimliklar 2500 ta noqonuniy qaror qabul qilganini aniqladik. Aslida, bu juda katta raqam. 90 mingta qaror qabul qilingan bölsa, ideal holatda 10-20 ta noqonuniysi çiqişi kerak”, dedi Adliya vaziri.

Vazir hokimlar bir iş qilişdan oldin öylaşi uçun hamma narsa oçiq bölişi kerakligini aytib, yaqin-yaqingaça fermerni majlisga kelmagani uçun jarimaga tortiş holatlari bölganini qöşimça qildi.

“Hali köp işlaşimiz kerak. Çunki 2-3 yil oldin fermer selektorga kelmasa, jarima degan qarorlarimiz ham bölgan. Yoki bölmasa, nikoh yoşi 18 yoş qilib belgilangan. Hokim vasiy sifatida uni bir yoşga kamaytirişi mumkin. Lekin 2 yoşgaça, 16 yoşda, ruxsat berib yuborgan holatlari bor. Qonunda 18 yoş etib belgilangan bölsa, jamiyatimizga töğri kelmaydi. Şuning uçun qarorlar, hamma narsa oçiq bölganidan keyin, ertaga öylanib, bu işni qilmaydigan böladi, yaxşi effekt beradi”, deydi hukumat vakili.

Davletov maʼmuriy islohotlar haqida gap ketganda hokimlar 8 soatlik iş vaqtini tanqid qilişini, ammo bu Konstitutsiya va mehnat qonunçiligad yozib qöyilganini urğuladi. Vazir hokimlarning qadriyatlari qay darajada ekaniga eʼtibor qaratib, şunday dedi:

“Köplari maʼmuriy islohotlar böyiça taklif söraganda bizni tanqid qilyapti. Ayrim hokimlar “bu adliya tizimidagilar faqat 8 soat işlaydi, boşqa iş qilmaydi”, deydi. Özi qonun böyiça 8 soat işlaş kerak-ku. Baʼzi rahbarlarning qadriyatlari qandayligini köryapsizlarmi?! Konstitutsiyada yozilgan mehnat huquqi bölsa, Mehnat kodeksida yozilgan normalar bölsa, 8 soat işlaşni majlislarda tanqid sifatida gapiriş qanaqa qoloqlik?

Şuning uçun biz doim aytamiz, hududlardagi yoki soha rahbarlari özini şu hudud yoki soha begi emas, balki xalqning yollanma işçisi ekanini tan olsa, qadamlari umuman özgaradi. U yollanma işçi, biz ham yollanma işçimiz. Qonun turibdi va qonundan heç kim ustun bölolmaydi. Bu qadriyatlarni biz singdirişimiz kerak”, deydi vazir Ruslanbek Davletov.

Şu örinda qayd etiş kerakki, “e-qaror” platformasi orqali hokimliklarning köplab munozarali qarorlari suv yuziga qalqib çiqdi. Toşkent şahar hokimligiga sovğa qilingan va asl egasi turli taxminlar bildirilgan 250 ming dollarlik Mercedes-Benz avtomobili misol böladi.

Bundan taşqari, hududlarda sodir bölgan va jamoatçilikka eʼlon qilinmagan qator is gazidan zaharlaniş holatlari ham “e-qaror” orqali ommaga maʼlum böldi.

×