Hokimlar ayrim vakolatlaridan mahrum böldi

Hokimlar ayrim vakolatlaridan mahrum böldi

Hokimliklarning litsenziyalaş va ruxsat berişga oid bir qança vakolatlari boşqa davlat organlariga ötkazildi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

•    Çet tillarni örganiş böyiça öquv kurslarini taşkil etiş faoliyatini litsenziyalaş – Xalq taʼlimi vazirligi va viloyat xalq taʼlimi boşqarmalariga;

•    Dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qilişni litsenziyalaş – Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligining hududiy bölinmalariga;

•    Rieltorlik faoliyatini litsenziyalaş – Davlat aktivlarini boşqariş agentligining hududiy boşqarmalariga;

•    Alkogol mahsulotlari bilan çakana savdo qilişga ruxsat etuvçi maxsus guvohnomalar beriş – tuman (şahar) soliq inspektsiyalariga.

Ayrim idoralararo kollegial organlar tugatildi yoki vakolatlari boşqa davlat organiga ötkazildi.

Jumladan, 

•    qişloq aholi punktlarini içimlik suvi va tabiiy gaz bilan taʼminlaş dasturini amalga oşiriş böyiça Respublika komissiyasi tugatildi;
•    xorijiy tillarni örganişni yanada rivojlantiriş böyiça Muvofiqlaştiruvçi kengaş vakolatlari – Oliy va örta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga;
•    Özbekiston milliy avtomagistrali böylab yöl infratuzilmasi va servisi obʼektlarining joylaştirilişini körib çiqiş va kelişiş Komissiyasi vakolatlari – Transport vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligiga;
•    mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari körgazmalari va yarmarkalarini ötkaziş böyiça taşkiliy qömitaning vakolatlari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligiga ötkazildi.

×