DXX narkotik savdo zanjirini aniqladi. U tojikistonlik fuqarodan boşlanadi

DXX narkotik savdo zanjirini aniqladi. U tojikistonlik fuqarodan boşlanadi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi hamda Sirdaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda “Sirdaryo” YPX maskanida tezkor tadbir ötkazildi.

Unda Qaşqadaryodan Toşkent viloyati tomon kelayotgan Qarşi şahrida yaşovçi, 1986 y.t. şaxs boşqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomaşina töxtatilib, közdan keçirildi.

Natijada, avtomaşinaning yukxonasiga yaşirib qöyilgan 4 kg. 534 gr. “gaşiş” giyohvandlik vositasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Maʼlum bölişiça, uşbu fuqaro tojikistonlik narkosavdogar tomonidan kontrabanda yöli bilan yuborilgan narkotik moddalarni xufiya joylarga yaşirib, mijozlarga sotiş bilan şuğullanib kelgan.

Dastlabki suriştiruv harakatlari davomida uni Toşkent şahrida yaşovçi, 1977 y.t., muqaddam sudlangan şerigi Zangiota tumanida kutib turganligi maʼlum bölib, u ham qölga olindi.

Şuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida ularning yana bir şerigi, Qarşi şahrida yaşovçi, 1980 y.t. şaxsning yaşaş xonadonidan 11 kg. 168 gr. “gaşiş” giyohvandlik vositasi örnatilgan tartibda rasmiylaştirib olindi.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 15 kg. 702 gr. “gaşiş” moddasi musodara qilindi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×