Namanganda öziga öt qöyib, joniga qasd qilgan talaba vafot etdi

Namanganda öziga öt qöyib, joniga qasd qilgan talaba vafot etdi

Namangan muxandislik quriliş institutining 3 kurs talabasi oraliq nazoratni topşirmagani uçun otasidan tanbeh eşitgani sabab, öziga öt qöyib, yoqib yubordi. Tanasi çuqur kuyib ketgani tufayli şifoxonada vafot etdi. Hozirda holat böyiça «özini özi öldirişga undaş» moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi.


10 fevral kuni Namangan muxandislik quriliş institutining 21 yoşli 3-bosqiç talabasi öziga öt qöyib, kuçli kuyiş sababli şifoxonada vafot etdi.

Maʼlum bölişiça, farğonalik talaba 5 ta fandan oraliq imtixonlarni topşira olmaganligi sababli, qayta topşirişga qolib ketgan. Guruh raxbari talabaning otasiga qönğiroq qilib, uni bu haqda ogohlantirgan. Öz navbatda ota öğliga telefon orqali tanbeh bergan.

Talaba otasi bergan tanbehiga zarda qilib, ruhiy tuşkunlikka tuşib, Yangiqörğon tumanidagi «Nurafşon» mahallasining dala-adirlik maydoniga özi bilan birgalikda benzin yonilğisini olib kelib, ustidan quyib, özini yoqib, joniga suiqasd qilgan.


Uning jaroxat olganini körib qolgan fuqarolar yordam körsatib, şifoxonaga olib kelgan.

Tibbiy maʼlumotga köra, uning badanida, alangadan tanasining 50% qismida çuqur kuyiş jaroxatlari mavjudligi körsatilgan.

Şifokorlar tomonidan körsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 13 fevral kuni şifoxonada vafot etgan. Şu kuni Yangiqörğon tuman prokuraturasi holat yuzasidan JKning 103-moddasi 1-qismi (özini özi öldirişga undaş, agar şaxs özini özi öldirgan yoki özini özi öldirişga suiqasd qilgan bölsa, 2−5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi) bilan jinoyat işi qözğatdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

×