6 oyda onlayn qimorda yutqazgan 6 kişi öz joniga qasd qilgan. Hammasi 25 yoşgaça bölganlar

6 oyda onlayn qimorda yutqazgan 6 kişi öz joniga qasd qilgan. Hammasi 25 yoşgaça bölganlar

Joriy yilning 6 oyida onlayn qimorda yutqazgan 6 nafar fuqaro öz joniga qasd qilib vafot etgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan internetda qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlar uçun javobgarlik belgilaşga oid qonun loyihasi muhokamasida maʼlum qilingan.

Deputat Kuşerbayevning maʼlum qilişiça, onlayn qimorda yutqazganligi sababli 2021 yilda 6 nafar va 2022 yilning 6 oyida 6 nafar fuqaro öz joniga qasd qilib, vafot etgan.

«Ularning barçasi 25 yoşgaça bölgan yoşlar bölgan», – deb yozmoqda deputat.

Qayd etilişiça, onlayn qimorga oid hujjat loyihasi bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeklarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.


×