Toşkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari hodisa sodir bölgan kuni nimalar bölganini maʼlum qildi.
27 iyun kuni Angren şahar IIB PPX va jamoat tartibini saqlaş guruhi xodimi safdor Bekzod Bobomirzayev öziga biriktirilgan «PM» tabel qurolidan joniga suiqasd qilgandi.
Hodisadan keyin marhumning akasi ukasiga Akmal ismli şaxs bosim ötkazib, undan bir haftadan beri pul sörab kelganini aytgandi.
Toşkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur Tölaganov Bu kun körsatuviga bergan intervyusida marhumga nisbatan heç qanday bosim bölmaganini aytdi.
Aniqlanişiça, 27 iyunda Öz xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Angren şahar IIBning xodimlari xizmat faoliyatida intizomga, qonunçilikka böysunişi ustidan tanqidiy nazorat yiğilişi ötkazgan.
«Safdor Bekzod Bobomirzayev suhbatda bir özi bölmagan. U rahbarlari bilan birga suhbatdan ötgan. Unga kamçiliklari, qöpol qonun buzilişi holatlariga yöl qöygani yuzasidan muhokama ötkazilgan. Jarayonda marhum özi yöl qöygan kamçiliklarni tan olgan. Lekin unga heç qanday bosim ötkazilmagan», — deydi Bobur Tölaganov.
Bobur Tölaganovning taʼkidlaşiça, xizmat xonalari video va audio kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan va barça suhbatlar qayd qilib boriladi.
Suhbatdan ikki soat ötgaç, safdor öz joniga qasd qilgan.









