Rossiya Özbekistondan quruvçi-migrantlar kirişini töxtatmoqçi

Rossiya Özbekistondan quruvçi-migrantlar kirişini töxtatmoqçi

Rossiya Mehnat vazirligi Özbekistondan quruvçilarni Rossiya Federatsiyasiga jalb qiliş böyiça 2021 yilda boşlangan tajriba loyihasini töxtatişni taklif qilmoqda. Tegişli hukumat qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida joylaştirilgan. 

Loyihaga köra, hukumatning 2021 yil 6 oktyabrdagi qarori töxtatiladi. 

Loyiha Özbekistondan mamlakatga 10 000 quruvçini jalb qilişni öz içiga olgan. Şu bilan birga, ular kovidga qarşi emlanişlari yoki kasallikni ötkazganini tasdiqlovçi hujjatga ega bölişlari kerak edi. 

Rossiya Federatsiyasi Quriliş vazirligi rahbari örinbosari Nikita Stasişinning tuşuntirişiça, loyiha sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini taʼminlaş zaruratini hisobga olgan holda Özbekistondan mehnat muhojirlarini jalb qiliş böyiça aniq amaliy qadamlarga ötiş imkonini beradi. Nafaqat uy-joy, balki yirik infratuzilma loyihalarini ham quriş uçun mehnat resurslarini jalb qiliş rejalaştirilgan edi.


×