Koreya Respublikasiga Ye-9 vizasi bilan jönab ketişga tayyorgarlik körayotgan fuqarolar diqqatiga muhim eʼlon berildi.
2021 yilning noyabr oyidan boşlab Koreya Respublikasiga fuqarolarni vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun taşkiliy tarzda kirib borişi qayta yölga qöyilgan edi.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan joriy yil 6 yanvar kuni taşkiliy tarzda 65 nafar birinçi marotaba şartnomasi kelgan hamda 35 nafar qayta şartnoma bilan kelgan fuqaro vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Koreya Respublikasiga jönatilgan.
Fuqarolar Koreya Respublikasi tomonidan tan olingan vaktsina bilan emlangani hamda ketişdan 72 soat oldin olingan PZR testi natijasiga köra Covid-19 infektsiyasi aniqlanmaganiga qaramasdan, Koreya Respublikasi hududida kirib borgan yurtdoşlarimizda koronavirus infektsiyasi qayd etilgan.
«Xususan, 2021 yil 23-30 dekabr kunlari jönab ketgan fuqarolarning 1 nafarida, 2022 yilning 6 yanvar kuni jönab ketgan 98 nafar fuqaroning 6 nafarida koronavirus infektsiyasi aniqlangani sababli Koreya Respublikasi tomonidan Özbekiston uçun uşbu davlatga kirib boruvçi fuqarolar soni qisqarişi, hattoki vaqtinçalik töxtatilişi kabi çeklovlar qöyilişi mumkinligi töğrisida ogohlantiramiz.
Şuningdek, sizlardan karantin qoidalarga qatʼiy amal qilişingizni, agarda özingizda koronavirus infektsiyasi alomatlarini sezsangiz, fuqarolar bilan muomalada bölmasligingizni söraymiz», deyiladi agentlik eʼlonida.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarimizning Koreya Respublikasiga çeklovlarsiz kirib borişini taʼminlaş maqsadida quyidagi çoralarni körişga majbur bölayotganini qayd etdi:
- Koreya Respublikasi Inson Resurslarini rivojlantiriş xizmati tomonidan jönab ketişi tasdiqlangan fuqarolar ketişdan oldin jami 3 marta PZR testidan ötişlari belgilandi;
- Fuqaroda Koreya Respublikasiga borgaç, Covid-19 infektsiyasi aniqlansa, barça xarajatlar fuqaro tomonidan amalga oşiriladi.









