Namangandan Sirdaryoga 800 dan ziyod quruvçi yöl oldi

Namangandan Sirdaryoga 800 dan ziyod quruvçi yöl oldi

Namangandagi temir yöl vokzalidan Sirdaryo viloyatiga maxsus poyezd yöl oldi. Namanganlik quruvçilar Sardoba suv ombori töğoni öpirilişidan talofot körgan hamyurtlarimiz uçun yangi xonadonlar barpo etişni dilga tukkan.

Viloyatimizdagi 50 dan ortiq pudratçi taşkilot 800 dan ziyod işçi-xodimini Sirdaryoga safarbar qildi. Ular safida betonçi, payvandçi, ğişt teruvçi, böyoqçi, duradgor va boşqa quriliş ustalari bor. Mirzaobod tumanining Navbahor mahallasida Namangan nomidan 135 ta xonadon qad rostlaydi.  Bu viloyatimizning Sirdaryoni tiklaş işlariga qöşilgan yana bir hissasi böladi.

Sirdaryoda quruvçilarimizni viloyat hokimligining maxsus ştabi vakillari kutib oladi. Mazkur ştab tomonidan mutaxassislarimizni joylaştiriş, maişiy şaroitlar yaratiş va iş hajmlarini belgilaş bilan boğliq masalalar tezkorlik bilan hal etiş çoralari köriladi.

×