Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida vafot etgan asli andijonlik 56 yoşli fuqaroning jasadi Özbekistonga yuborildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, u Turkiyaning Hatay şahrida vafot etgan. Uning jasadi bugun, 11 fevral kuni Istanbul aeroportidan Farğona şahriga yuborilgan.
“Marhumni Alloh rahmatiga olsin. Yaqinlariga sabr tilaymiz. Bu borada Boş konsulxonaga moddiy va maʼnaviy yordam berganlarga taşakkur bildiramiz”, deyiladi konsulxona xabarida.
Maʼlumot uçun, hozirda uşbu viloyatdagi qidiruv-qutqaruv jarayonlariga jalb etilgan özbekistonlik qutqaruvçilar öz işini davom ettirmoqda.
Avvalroq Turkiyadagi sodir bölgan dahşatli zilzilada jarohatlangan 11 nafar özbekistonlik Toşkentga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Turkiyada sodir bölgan zilzila oqibatlarini bartaraf etişda faol iştirok etmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriği bilan joriy yining 6 fevral kuni kuçli zilziladan aziyat çekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jönatildi.
Bundan taşqari, dastlab 100 kişilik qidiruv-qutqaruv guruhi, joriy yilning 9 fevral kuni esa 71 kişilik ikkinçi guruh Turkiyaga yuborildi.









