25-ölim: Jizzaxda koronavirus qurboni bölgan otaxonning rafiqasi ham vafot etdi

Jizzax viloyati Ş.Raşidov tumanida yaşovçi 70 yoşli onaxon F.O. (uning turmuş örtoği, koronavirusga çalingan 72 yoşli otaxon Q.R.ning vafot etgani haqida avval xabar bergan edik) joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi. 

23 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. Unga “Yurak işemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetişmovçiligi, böyin umurtqalari osteoxondrozi” taşxisi qöyilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak işemik kasalligi, stenokardiya, böyin umurtqalari osteoxondrozi taşxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning davolanişi davomida  kunlik ahvoli maxalliy şifokorlar bilan bir qatorda mamlakatimizdagi şu sohaga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalarining malakali şifokorlari tomonidan ham nazoratga olinib, konsiliumlar ötkazilgan.

Sönggi kunlarda bemorning nafas, yurak va öpka yetişmovçiligi sababli ahvoli keskin oğirlaşib, reanimatsiya bölimiga olingan. 

Biroq mutaxassislarning standartlar asosida ötkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor ötkir miokard infarkti, ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etdi.

Soğliqni saqlaş vazirligi 
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×