Massaj niqobi ostida mijozlarga intim xizmat körsatgan 11 nafar qiz uşlandi

Massaj niqobi ostida mijozlarga intim xizmat körsatgan 11 nafar qiz uşlandi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga köra, IIO xodimlari tomonidan tunda faoliyat körsatayotgan maskanlarda tezkor tadbir ötkazildi.

Joriy yilning 8 fevral kuni Samarqand şahar "Boği Temur" mahallasi “Lutfiy” köçasidagi maskan tun vaqtida tekşirilganda, 6 nafar massajçi qizlar mijozlarga intim xizmat körsatayotganligi aniqlandi. Ular noqonuniy faoliyat yuritayotgani va bu yerda yaşovçi aholining osoyiştaligini buzayotgani maʼlum böldi.

ŞUningdek, Samarqand şahar “Yusuf Hamadoniy” köçasida ham şu kabi holat aniqlandi. U yerda ham 5 nafar massajçi qizlar mijozlarga intim xizmat körsatayotgan vaqtida qölga olindi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan qizlar hududiy IIBga olib borildi va ularga nisbatan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirildi. Hujjatlar qonuniy qaror qabul qiliş uçun sudga yuborilgan.

×