Toşkentda OIVga çalingan bölsa-da, mijozlarga intim xizmat körsatayotgan “transvestit” şaxslar aniqlandi

Toşkentda OIVga çalingan bölsa-da, mijozlarga intim xizmat körsatayotgan “transvestit” şaxslar aniqlandi

2020 yilning 28 oktyabr kuni IIV JQBB xodimlari tomonidan “Vazira” va “Dono” laqabli bölgan va boşqa şaxslar internet tarmoğiga özining telefon raqamini joylaştirib, moddiy manfaatdorlik evaziga jinsiy aloqa bilan şuğullanayotganligi töğrisida tezkor maʼlumot olindi.

Olingan maʼlumot asosida IIV JQBB va Şayxontohur tumani IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir yuzasidan quyidagilar aniqlandi.

Jumladan, Şayxontohur tumanining köçalaridan biridagi xonadon tekşirilganda 25 yoşli böydoq, muqaddam sudlanmagan, OIV infektsiyasiga çalingan, vaqtinça işsiz, viloyatlardan birida doimiy röyxatda turuvçi Ş.O., 31 yoşli, muqaddam sudlanmagan, vaqtinça işsiz, S.U.ni mijozga 1.000.000 söm evaziga ikki marotaba jinsiy aloqa qilişlari uçun qöşib, ularga uşbu xonadonni alohida xonasidan joy ajratib, şaroit yaratib berganligi aniqlanib, Ş.O.dan xolislar iştirokida 1.000.000 söm pullar daliliy aşyo tariqasida olindi.

Bundan taşqari, uşbu xonadonda maʼlum miqdordagi pul evaziga mijozlarga intim xizmat körsatayotgan “Transvestit” şaxslar – 23 yoşli böydoq, muqaddam sudlanmagan, OIV infektsiyasiga çalingan, vaqtinça işsiz, B.D., 28 yoşli böydoq, muqaddam sudlanmagan, OIV infektsiyasiga çalingan, vaqtinça işsiz, Z.N., 26 yoşli böydoq, muqaddam sudlanmagan, vaqtinça işsiz, G.F.lar uşlandi.

Olib borilgan suriştiruv harakatlari davomida yuqorida körsatilgan şaxslar muqaddam SPIDga qarşi kuraş markazlarida infektsiya bilan kasallanganligi va ular boşqa şaxslar bilan jinsiy aloqa qilgan taqdirda Jinoyat kodeksining 113-moddasi böyiça jinoiy javobgarlikka tortilişi haqida tilxat olinib, ogohlantirilganligi aniqlandi.

Bundan taşqari, uşbu şaxslar Toşkent şahrining turli tumanlaridagi xonadonlarni ijaraga olib, u yerda ham internet orqali mijozlar qabul qilib, ularga intim xizmat körsatganliklari maʼlum böldi.

Mazkur holat yuzasidan yuqorida nomlari qayd etilgan şaxslarga nisbatan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, qonuniy çora köriş uçun Şayxontohur tumani IIO FMB 2-sonli IIBga topşirildi.

*(yuqorida aytib ötilgan şaxslarning ism-şariflari özgartirilgan)

×