Özbekistonda xizmat körsatgan artist Ğaybulla Hojiyev olamdan ötdi

Özbekistonda xizmat körsatgan artist Ğaybulla Hojiyev olamdan ötdi

Özbek dublyajining eng yorqin vakillaridan biri, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Ğaybulla Hojiyev 64 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda «Daryo»ga «Özbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Taniqli kino, teatr va dublyaj aktyori 1956 yilda Buxoroda tuğilgan. 1973—1977 yillarda Toşkent davlat Sanʼat institutida tahsil olgan.

1976 yilda Abror Hidoyatov teatrida iş boşlagan. 1987 yildan Hamza nomidagi özbek davlat akademik teatrida faoliyatini boşlagan.

Aktyor şoir Azim Suyunning «Sarbadorlar» asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan çayon» spektaklida Solih mahdum, Ibrohim Sodiqovning «Afandining beş xotini» spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning «Piri koinot» spektaklida Ahmad Farğoniy, Şekspirning «Qirol Lir» asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning «Yetti faryod» spektaklida Sabalo kabi önlab rang-barang rollarni ijro etgan.

Oğir xastalik tufayli teatrdan ketişga majbur bölgan. Ammo ijoddan töxtamay, turli tele va radioloyihalarda muntazam iştirok etgan.

Ğaybulla Hojiyev «Uqubat», «Şabbona», «Umid», «Oqpadar» kabi köplab filmlarda turli rollarni ijro etgan. Aktyor «Şaytanat» teleserialida Ahmadbey rolini öynagan.

Ğaybulla Hojiyev dublyaj sohasida ham samarali mehnat qilgan bölib, aktyor ovoz bergan qahramonlar xalqimiz qalbidan çuqur joy olgan.

×