Tabiiy ofatlar, şu jumladan, vulqon otilişi, suv toşqinlari, yonğin, ob-havoning keskin özgarişi, yuqumli infektsiyalarning paydo bölişi oqibatida insoniyat moddiy-maʼnaviy zarar körmoqda. Ammo şunday bir ofat borki, u nafaqat insoniyatga, balki nabototu jonzotlarga ham katta yöqotişlarni olib keladi. Bu ofat – zilziladir. QALAMPIR.UZ quyida dunyo tarixida köplab insonlarning umriga zomin bölgan, mamlakatlarga katta talafotlar keltirgan, insonlar hayotini ostin-ustun qilib yuborgan zilzilalar haqida bayon etadi.
1139 yil, Ganja zilzilasi – taxminan 11 ball
Hozirgi Ozarbayjon hududining Ganja şahri yaqinida 1139 yilning 30 sentyabr kuni taxminan 11 balli zilzila sodir bölgan. Oqibatda 230 ming kişi halok bölgan. Zilzila vaqtida Kapaz toği qulab, yonidan oqib ötuvçi Oxsu daryosining kanalini tösib qöygan, oqibatda sakkizta köl hosil bölgan, ulardan biri Göygöl kölidir. Uşbu köl hozirda xuddi şu nomdagi qöriqxona hududida joylaşgan. Hozirga qadar zilzila eng köp qurbonlar qayd etilgan beşta yer qimirlaşidan biri hisoblanadi.
1556 yil, Buyuk Xitoy zilzilasi

Xitoyning Şensi provintsiyasida 1556 yilning 23 yanvar kuni katta kuçdagi zilzila sodir bölgan. Tabiiy ofat oqibatida salkam 830 ming kişi halok bölgan. Daryo böyida joylaşgan Xuasyan şahri butkul yöq bölib ketgan. Zilzila tufayli 20 metrlik yoriqlar paydo bölib, 500 kilometrlik hududga zilzila öz taʼsirini körsatadi. Dastlabki zilziladan söng uzoq vaqt davomida köplab yer qimirlaşlari kuzatilgan.

Uşbu tabiiy ofatdan oldin şaharda 2000 ga yaqin binolarda 6500 nafar aholi istiqomat qilgan, falokat tufayli ularning heç biri omon qolmagan.
1692 yil, Yamayka zilzilasi
1692 yilning 7 iyun kuni taxminan 11:43 da Yamaykadagi Port-Royal şahrida sodir bölgan. Zilzila oqibatida 2 ming kişi tsunami, 3 ming kişi tarqalgan kasallik va jarohatlar tufayli halok böladi. Tabiiy ofatdan oldin şaharda 2000 ga yaqin binolarda 6500 nafar aholi istiqomat qilgan, zilzila tufayli ularning heç biri omon qolmagan.
1693 yil, Buyuk Sitsiliya zilzilasi

Sitsiliya (Italiya) tarixidagi eng kuçli zilzila bölib, 1693 yil Etna vulqoni otilişi ortidan sodir böladi. 100 ming nafarga yaqin odamlar halok bölgan. Şundan söng arxetikturaning barokko uslubida yangi köriniş “sitsiliya-barokko” yönalişi paydo böladi.
1908 yil, Messina zilzilasi – 7,8 ball

1908 yil 28 dekabr kuni soat 5:20 da Sitsiliya va Appenin yarimoroli örtasida 7,8 magnitudali yer köçişi sodir böladi. Natijada 3 metrlik sunami yuzaga keladi. Bu zilzila oqibatida halok bölganlar soni turli maʼlumotlarda 200 ming nafargaça deb qayd etilgan.
1948 yil, Aşxobod zilzilasi – 7,3 ball
Rixter şkalasi böyiça 7,3 balli zilzila 1948 yil 6 oktyabr kuni Turkmaniston poytaxti Aşxobodda mahalliy vaqt bilan 02:17 da sodir böladi.

Zilzila öçoği 18 km çuqurlikda joylaşgan edi. Zilzila gipomarkazida tebranişlar 9-10 ballgaça yetgan. Şahar töliq vayronaga aylanib, halok bölganlar soni esa 35 ming kişini taşkil qilgan.

Turkmanistonning boşqa şaharlariga 120 ta harbiy va fuqarolik samolyotlari orqali 8799 kişi evakuatsiya qilinadi. 1995 yildan beri Turkmanistonda 6 oktyabr – Xotira kuni sifatida nişonlanadi.
1966 yil, Toşkent zilzilasi – 8 ball

1966 yil 26 aprelda 8 balli zilzila manzili bölgan Toşkent katta yöqotişlarni boşdan keçirgan. Silkinişlar bir neça kungaça vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan.

Buning oqibatida 78 ming oila boşpanasiz qolgan, 2 million kvadrat metr yerdagi turar-joylar, 7600 örinli maktablar, 2400 örinli boğçalar işdan çiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon körgan.


Asosiy zilziladan keyin 1966-1968 yillar oraliğida bir qança yer silkinişlari davom etadi. Markaziy seysmik stantsiya birinçi kuçli zarbadan söng silkinişlarning 2500 dan ortiq takrorlanganini qayd qilgan.
1988 yil, Armaniston zilzilasi – 10,5 ball
1988 yil 7 dekabrda Armanistondagi 10,5 balli yer qimirlaşi oqibatida 25 ming odam halok bölgan. 8 million kvadrat maydondagi uy-joy vayron bölgan, 514 ming kişi boşpanasiz qolgan.

Xarobalar ostida qolganlardan 15 mingdan ortiq kişi qutqarib olingan. Yer silkinişi 4 ta katta şahar – Leninakan, Kirovokan, Spitak va Stepanavan hamda 58 ta yaşaş punktlarini öz içiga olgan.

Şulardan 1,5 mingta qişloq vayron bölgan, 12 ta şahar şikastlangan, ulardan 3 tasi batamom yöq bölib ketgan.

1990 yil, Eron zilzilasi – 8 ball
Mamlakat tarixidagi eng katta moddiy zarar keltirgan zilzila 1990 yilda sodir bölgan. 8 balli yer qimirlaşi oqibatida 50 ming odam halok bölgan, 1 millionga yaqin kişi jarohat olgan.

2011 yil, Yaponiya zilzilasi – 9 ball
2011 yilning 11 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da Xonsyu orolining şarqiy qirğoğidagi “Buyuk şarqiy yapon zilzilasi” nomini olgan yer silkinişi sodir böladi. Zilzila şkala böyiça 9 ball deya baholangan. Zilzilaning öçoği Tinç okeanining 35 km çuqurligida joylaşgan edi.

Zilzila ortidan tsunami yuzaga kelgan va 69 daqiqa ötgandan söng tsunami Senday şahrini suvga ğarq qilgan. Bu tabiiy ofat dunyo tarixidagi eng kuçli zilzilalar qatorida yettinçi, turli baholarga köra 6, 5 yoki 4-örinda turadi. Halok bölganlar soni böyiça esa Yaponiyada 1896 hamda 1923 yilgi zilzilalardan ortda qoladi.

Nurmuhammad Fayzullayev









