Özbekistonning barça hududlarida dam oliş kunlari quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim toğli hududlarida biroz qor yoğişi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, keçalari sovuq ob-havo saqlanib turadi. Harorat keçalari 2-7 daraja sovuq atrofida böladi. Kunduz kunlari havo 2-5 daraja iliqgaça, janubda 7-9 daraja iliqgaça isiydi.
Yöllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga kelişi saqlanib turadi.
“Respublikaning toğli hududlarida 9-10-fevral kunlari kuçli qor yoğib ötdi. Qor qoplamining balandligi ikki keça-kunduzda 60-70 smga oşdi va 150 smga yetdi, bu meʼyordan deyarli 2 barobor köp. Yangi yoğgan qor beqaror holatda, şuning uçun qor köçiş xavfi juda yuqori. Toğlarga borganingizda juda ehtiyot böling!”, deyiladi xabarda.









